“Eng uzoq davom etadigan ish — boshlanmay qolgan ishdir.”
Hikoyalari orqali J.R.R. Tolkien qahramonlarining hayot tarzini yemirishga tahdid solgan yovuzlik bilan yuzma-yuz bo‘lganidagi kurashlarini tasvirladi. Ko‘p jihatdan, uning kitoblaridagi voqealar u Birinchi jahon urushida xizmat qilganida va Ikkinchi jahon urushini boshidan kechirganida guvoh bo‘lgan ezgulikning yovuzlikka qarshi g‘alabasini aks ettirardi.
Shuni yodda tutgan holda, shaxsiyat tahlilimizga o‘tishdan avval sizga J.R.R. Tolkienning qisqa biografiyasini taqdim qilamiz.
Biografiya
Jon Ronald Ruel Tolkien 1892-yil 3-yanvar kuni hozirgi Janubiy Afrikada pruss va sharqiy nemis kelib chiqishiga ega ota-onadan tug‘ilgan. U atigi uch yoshida otasidan ayrilgan va onasi ikki o‘g‘lini yolg‘iz katta qilishga majbur bo‘lgan. Daromadsiz qolgan onasi bolalarini Angliyada qarindoshlarinikiga olib boradi. Tolkien ayniqsa xolasi Jeyn fermasiga qilgan tashriflari (u “Bag End” deb atalgan) kitoblariga, xususan Shirdagi tasvirlariga ilhom manbai bo‘lgan.
To‘rt yoshga yetmay turib muomala qilishni o‘rganib, chiqarib yozadigan darajada savodli va bilim olishga chanqoq bo‘lgan. U bolaligida botanika va tillarga qiziqqan, lotin tilining asoslarini ham juda yoshligida o‘zlashtirgan. San’atga ham yoshlikdan mehr qo‘yib, o‘simlik va xaritalar chizishda iste’dodini namoyon qilgan. Bu iste’dod va qiziqishlar Tolkienning keyinchalik yaratgan fantaziya olamlari va tillari uchun mustahkam zamin bo‘lgan.
“Ko‘pgina bolalar xayoliy tillarni uylab topadi yoki yaratishni boshlaydi. Men yozishim bilanoq bunga bel bog‘laganman.”
Tolkien 12 yoshga yetganda onasi vafot etadi. U va akasi onasi iltimosiga ko‘ra ularni katolik ruhoniysi bo‘lgan ishonchli do‘sti Ota Frensis tarbiyasiga topshiriladi. Tolkien butun hayoti davomida sodiq Rim-katolik bo‘lib qoladi va uning diniy ilhomi asarlaridagi san’at va she’riy ifodalarda yaqqol sezilib turadi.
Tolkien o‘spirinlik chog‘larida Edit Meri Brattga oshiq bo‘lgan, ammo Ota Frensis ularning o‘qishiga salbiy ta’sir qiladi deb o‘ylab, u bilan aloqani taqiqlaydi — 21 yoshga to‘lmaguncha. Ular Birinchi jahon urushi davrida turmush quradi va nikohdan ko‘p o‘tmay, Tolkien 1916-yilda ikkinchi leytenant sifatida armiyaga qo‘shiladi.
Harbiy xizmatining asosiy qismi Fransiyada o‘tadi — u yerda Somma jangida qatnashgan. Bu urush ayniqsa halokatli bo‘lgan. Tolkienning tirik qolishi mo‘’jizaga teng edi: agar u okop isitmasi bilan og‘rimaganida, halok bo‘lganlar qatoriga qo‘shilishi hech gap emasdi. Urushning qolgan qismini kasalxonalarda va garnizon xizmatida o‘tkazgan, shifokorlar uni xizmatga yaroqsiz deb topishgan.
Birinchi jahon urushi Tolkienning urush haqidagi yozuvlariga, siyosat va insoniyat borasidagi qarashlariga chuqur ta’sir qilgan. U o‘z qarashlarini omma oldida og‘iz ko‘pirtirib yoymagan bo‘lsa-da, kommunizmga, milliy sotsializmga va "Britaniya imperiyasi" degan atamaga qarshi bo‘lgan. U, shuningdek, ikki urush ortidan qamrab olgan sanoatlashtirishni yoqtirmasdi, chunki bu jarayon tabiiy yerlarni va “soddalik hayoti”ni yo‘q qilayotganini hisoblagan.
Urushdan keyin Tolkien dastlab Lids universitetida, keyin esa Oksfordda — Pembroke kollejida professorlik qilgan. Aynan shu yillarda u The Hobbit va Lord of the Rings trilogiyasini yozgan, shuningdek, lingvistika va adabiyotga bo‘lgan qiziqishiga chuqur sho‘ng‘igan.
Hayotining so‘nggi yillarida u katta e’tirofga sazovor bo‘lgan va 1960–70-yillarda “muqobil madaniyat” tarafdorlarining eng sevimli yozuvchisiga aylangan. Dastlab asarlarining mashhurligidan mamnun bo‘lgan bo‘lsa-da, u o‘zini qarshi madaniyatning “kult” ob’ektiga aylantirgan jamoa bilan o‘zini qulay his qilmagan. Chunki ularning g‘oyalari Tolkienning siyosiy qarashlariga zid edi — u ko‘proq libertarianga moyil fikrlovchi edi.
Professor, yozuvchi va rassom bo‘lishi bilan bir qatorda Tolkien ehtirosli lingvist va filolog ham edi. (Filologiya — adabiy matnlar va ularning og‘zaki hamda yozma manbalarini o‘rganish, ularning asl shakllarini aniqlash va mazmunini tushunishga yo‘naltirilgan fan.) U o‘z tillarini ishlab chiqib, eng to‘liq shakllantirgan tillaridan ba’zilari Quenya va Sindarin edi. U “irqiy va tilshunos ahamiyatga ega ishlarga tortilishini” aytgan va til hamda mitologiyalarning ajralmasligini ta’kidlagan.
1973-yilda vafotidan so‘ng, uning o‘g‘li Kristofer otasining qo‘lyozma va eslatmalarini, jumladan The Silmarillion kabi nashr qilinmagan asarlarini chop etdi. Ular Tolkien tirikligida yaratgan olam va qahramonlarga chuqurroq kontekst berdi va uning merosining bardavom bo‘lishini ta’minladi.
Shaxsiyat tahlili
Tolkien yaratgan olamlar va tillar o‘nlab yillardirki, ko‘plab odamlarni fantaziya adabiyotiga sho‘ng‘ishga undab keladi. Tilga mehru muhabbat va boy tasavvur ko‘pincha Vositachi shaxsiyat turiga mansub kishilarga xos xususiyatlardir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, J.R.R. Tolkien bizningcha Dadil Vositachi (INFP-A)ning betakror timsolidir.
Introvert
Ilhom baxsh etuvchi professor va notiq bo‘lishiga qaramay, Tolkien Introvert sifatida o‘zining ichki dunyosidagi olamlarda vaqt o‘tkazishni afzal ko‘rardi. Bilbo Baggins kabi qahramonlariga o‘xshab, u sarguzashtlar haqida yozishni ham, ularni xaritalar va chizmalar bilan jonlantirishni ham yoqtirardi.
U nihoyatda sodiq inson bo‘lgan va Birinchi jahon urushida yaqin do‘stlarining aksariyatini yo‘qotganidan chuqur ta’sirlangan. Yo‘qotish va xastalikka dosh berish uchun boshqalardan emas, ertaklar va intellektual izlanishlar orqali ruhiy yupanch izlagan.
Intuitiv
“Ulkan dunyo sizni o‘rab turibdi: o‘zingizni to‘siq bilan o‘rab olishingiz mumkin, lekin bu to‘siqni doimo tashqaridan himoya qilib bo‘lmaydi.”
Tolkien imkoniyatlar, tushlar va g‘oyalarga boy dunyoda yashardi. U qanday tasavvur qilsa, shuni yaratishga cheklov yo‘q edi — aynan shu salohiyat uning yozuvlarida aks etgan. U odamlar bir-birini qo‘llashi, yovuzlikka qarshi turib, o‘z e’tiqodlarini himoya qilishi orqali dunyo qanday bo‘lishi mumkinligi haqida orzu qilgan. Bu orzulik uning Intuitiv va Hissiy xususiyatlarining uyg‘un mahsulidir.
Bundan tashqari, Tolkien boshqa irq, madaniyat, til va ularning atrofidagi mitologiyaga nisbatan oxirigacha qiziqqan. Uning tillarga bo‘lgan iste’dodi unga butunlay yangi tillar va ularning afsonaviy asosini yarata olish qobiliyatini bergan.
Hissiy
“Agar siz Rostdan–rost nimaga asoslanganini bilmoqchi bo‘lsangiz, bu Yerni qanday bor bo‘lsa, shundayligicha hayratlanib sevganim sabablidir, ayniqsa, tabiiy Yer.”
Qanchalik jiddiy va diqqatli ko‘rinsa-da, Tolkien aslida haqiqiy romantik va go‘zallikka hamda tabiatga oshiq bo‘lgan. Uning hikoyalaridagi manzara va qahramonlarning ko‘pi shaxsiy hayotidagi tajribalardan ilhom olgan. Bolaligida o‘tkazgan qishloq hayoti va 50 yildan ortiq sevgi bilan o‘tgan turmushi bu asarlarida ko‘rinish topgan.
Birinchi jahon urushi Tolkienning ishlariga va shaxsiy hayotiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Leytenant sifatidagi tajribasi unga “oddiy odam”ga nisbatan yuksak hurmat hissini olib kelgan. U ijtimoiy tabaqa va ta’lim bo‘yicha farqlarni yomon ko‘ra boshlagan va deyarli barcha yaqin do‘stlarini yo‘qotgan bo‘lish azobi bilan umrining qolgan qismini bu g‘amni yozuv va san’at orqali tushunishga harakat qilib o‘tkazgan.
Izlanuvchi
“Aytishlaricha, ilk qadam eng qiyini ekan. Men bunday deb o‘ylamayman. Cheksiz ‘birinchi bob’larni yozishim mumkin. Darhaqiqat, bir necha marta yozganman.”
Hayotida juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, Tolkien tugallanmay qolgan ko‘plab g‘oyalar va qo‘lyozmalarga ham ega bo‘lgan. Uning o‘g‘li Kristofer bu asarlarning ayrimlarini, ayniqsa The Silmarillionni yakunlab nashr ettirgan. Bu qaydlar va romanlar Tolkienning allaqachon keng Middle-earth afsonaviy dunyosiga yana-da chuqur matn kontekstini qo‘shadi.
Tolkien zarur bo‘lganda diqqatli va g‘ayratli ediyu, ammo ko‘pincha sevgi, adabiyot va xayolot bilan chalg‘igan. Bu ko‘pgina buyuk ijodkorlarda (ayniqsa Izlanuvchi shaxsiyatlarda) uchraydigan hodisadir: ularning eng katta iqtidorlari bir vaqtning o‘zida ularning eng katta sinovlariga ham aylanishi mumkin.
Dadil
“Siz tanlangansiz, demak, bor kuchingiz, yuragingiz va aqlingizdan foydalanishingiz shart.”
Garchi yuragida romantik bo‘lsa ham, Tolkien zaif yoki jur’atsiz inson bo‘lmagan. Dadil shaxsiyat sifatida, ayniqsa, o‘ziga ishonadiganlar bilan muloqot qilayotganda, ko‘rgan nohaqliklarga qarshi fikr bildirishdan tortinmagan.
U ko‘pchilik oldida ochiq gapirmagan bo‘lsa-da, boshqalarning fikrlari unga yuragini tinglashdan to‘siq bo‘lolmagan. Uning nevarasi Saymon Tolkien bir hikoyani so‘zlagan: bobosi Rim-katolik cherkovi Massni lotin tilidan ingliz tiliga o‘tkazganidan norozi bo‘lgan. Boshqalar inglizchada javob berayotgan bo‘lsa-da, Tolkien Massga lotin tilida, ovozini pasaytirmay davom etgan. Nevarasi bu xatti-harakatdan xijolat bo‘lgan, ammo bobosining bu qaroridan qanday qat’iy bo‘lganini tushungan va: “U o‘z fikricha to‘g‘ri ekaniga ishongan ishni qilishi shart edi,” — deya ta’kidlagan.
Xulosa
Tolkienning ko‘plab qahramonlarida bo‘lgani singari, u ham murakkab va qiziqarli inson bo‘lgan. The Hobbit hamda Lord of the Rings trilogiyasi singari asarlar muallifi sifatida Tolkien o‘quvchi va yozuvchi avlodlarga salmoqli ta’sir ko‘rsatgan.
Uning she’riy uslubi hamda rang-barang xalqlar va tillardan tashkil topgan olamlarni yaratishi ilhomlantiruvchi bo‘lgan. U insoniyatning go‘zal va qo‘rqinchli jihatlarini umid va ogohlantirish uyg‘otadigan tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Ana shunday xususiyatlar Tolkienni Dadil Vositachi sifatida tasniflashimizga turtki bo‘ldi.
Biz shaxsiyat turlarini aniqlashda qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz, ammo donishmand yoki mukammal emasmiz. Shuning uchun, Tolkienning shaxsiyat turi borasida boshqacha fikrda bo‘lganlar ham bo‘lishi mumkinligini yodda tuting.
Sizning fikrlaringizni ham eshitishni istar edik. J.R.R. Tolkienning shaxsiyati haqida qanday mulohazalaringiz bor? Izohlarda fikringizni qoldiring!
Qo‘shimcha o‘qish uchun
Aragorn: Qirolicha xizmatkor (The Lord of the Rings shaxsiyatlar seriyasi)
Gandalf: Hisob-kitobli sehrgar (The Lord of the Rings shaxsiyatlar seriyasi)
Éowyn: Qo‘rqmas jangchi ayol (The Lord of the Rings shaxsiyatlar seriyasi)