Debatchi
Zukko va dadil debatchilar (ENTP) kvo statusidan norozi boʻlishdan qoʻrqmaydi. Umuman olganda, ular deyarli hech narsa yoki hech kim bilan kelisha olmaslikdan ham qoʻrqmaydi. Bunday shaxsiyat turiga ega odamlarni ogʻzaki kurashdan boshqa kamdan-kam narsa yondiradi. Agar suhbat tortishuvga aylanib ketsa, bu ularga shunchaki zavq olib keladi.
Debatchilarni qaysar yoki yovuz niyatli deb oʻylash xato boʻladi. Aksincha, bu shaxsiyat turiga ega odamlar bilimli va qiziquvchan boʻlib, oʻynoqi hazilkashlik tuygʻusiga ega va ular aql bovar qilmas darajada qiziqarli boʻladi. Ularda shunchaki oʻyin-kulgi haqida ozgina sogʻlom qaynoq munozarani oʻz ichiga oluvchi, noodatiy va teskari tasavvur mavjud xolos.
Qoidalarni buzish
Mustaqil mutafakkirning xavfsiz boʻlmagan izidan yuring. Oʻz gʻoyalaringizni munozara xavfiga duchor qiling.
Debatchilar oʻz isyonkorligi bilan mashhur. Mazkur shaxsiyat turi uchun shubha ostiga olinadigan hech qaysi aqida muqaddas emas, sinchiklab oʻrganiladigan hech bir gʻoya fundamental emas va buzilishi yoki hech boʻlmaganda, sinchkovlik bilan tekshirilishi mumkin boʻlgan hech bir qoida majburiy emasdir. Baʼzida debatchilar hatto dunyo teskari tarafdan qanday koʻrinishini bilish uchun qarama-qarshi nuqtayi nazardan turib bahslashib, hatto oʻz mafkuralariga ham qarshi isyon koʻtarishadi.
Debatchilarning fikricha, aksariyat odamlar aytilganni bajarishga doim tayyor turuvchi, ijtimoiy normalar, bosimlar va standartlarga koʻr-koʻrona itoat qiluvchi bandalardir. Debatchilar tafakkur qilishning ustuvor uslubini shubha ostiga oluvchi aqliy mashqlardan hamda magʻlublar va orqadagilarning asl qadr-qimmatini namoyon qilishdan zavq oladi. Ularning jonli idroki boshqalar odatiy deb qabul qilgan narsalarni qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻymaydi va tafakkurning yangi yoʻnalishlariga chorlaydi.
Debatchi shaxslar aqliy hujum va katta koʻlamda tafakkur qilishni yaxshi koʻrsa-da, oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarishdagi "qoʻl mehnati"dan qochadi. Qaysidir maʼnoda bu mantiqan toʻgʻri, chunki debatchilar juda koʻp fikr va takliflarga ega boʻlib, ularni roʻyobga chiqarish u yoqda tursin, barchasini nazorat qilishning oʻzi ogʻirlik qiladi. Agar debatchilar oʻz ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va ularga amal qilish istagini rivojlantirmasa, oʻz imkoniyatlarini toʻliq ishga solishda qiynalishi mumkin.
Qarshi turishning narxi
Debatchilarning munozara qilish qobiliyati haqida afsonalar yursa-da, bu har doim ham foydali mashgʻulot ekanini anglatmaydi. Majlislarda rahbarlariga ochiq savollar berganda yoki yaqinlarining gaplarini birma-bir tahlil qilganda, ular oqillik va mantiqqa tayanaman deb oʻylashi mumkin. Aslida bu ularning muvaffaqiyat va baxtga erishish imkoniyatlariga foydadan koʻra koʻproq zarar keltirayotgan boʻladi.
Vaziyatlarning hammasi ham bu shaxsiyat turining odatiy qarama-qarshiligini talab qilmaydi. Odamlarning aksariyati ham ularning maslaklariga jiddiy qaralmasligiga va his-tuygʻulari uzoq vaqt chetga surib qoʻyilishiga uzoq chidamaydi. Natijada, debatchilarning qizgʻin munozaralari koʻp hollarda aksariyat rishtalarni beixtiyor uzib yuborishiga guvoh boʻlinadi. Debatchilarni, ularning qarashlari, qatʼiyligi, bilimi va hazilkashligi uchun hurmat qilishadi, lekin ular biroz tuygʻunlik qobiliyatini rivojlantirmasa, chuqurroq munosabatlarni saqlab qolish yoki hatto professional maqsadlariga erishishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Vaqt oʻtishi bilan koʻplab debatchilar oʻzining ideal hayotida boshqa odamlarning ham oʻrni borligini va munozaralardagi “gʻalaba”ga juda koʻp kuch sarflash, oxir-oqibat hayotdagi maqsadlariga erishishda zarur yordamdan mosuvo boʻlishga olib kelishini anglay boshlaydi. Xayriyatki, bunday shaxsiyat turiga ega odamlar hech qachon oʻzining keskin non-konformistik qirralarini yoʻqotmaydi. Ular boshqa odamlarning nuqtayi nazarini tushunish va oʻrganish uchun oʻzining aqliy moslashuvchanligidan foydalanib, mantiq va taraqqiyot bilan bir qatorda eʼtibor va murosaga kelishning hikmatiga tan bera boshlaydi.