Rahbarlar
Yaxshi tartib barcha narsaning asosidir.
Rahbarlar (ESTJ) anʼanalar va tartibning vakillari boʻlib, oilalar va hamjamiyatlarni birlashtirishda toʻgʻri yoki notoʻgʻri va ijtimoiy jihatdan maqbul yoki nomaqbul tushunchalardan foydalanadi. Halollik, fidoyilik va qadriyatlarini oʻzlashtirib, shaxsiyatning rahbar turidagi odamlar oʻzining aniq maslahat va koʻrsatmalari uchun qadrli hisoblanadi va ular murakkab yoʻllarni mamnunlik bilan bosib oʻtadi. Odamlarni birlashtirishdan gʻururlanuvchi rahbarlar koʻpincha jamoat tashkilotchisi rolini oʻz zimmasiga oladi va mahalliy tadbirlarni oʻtkazish yoki oilalar va jamoalarni birlashtiruvchi anʼanaviy qadriyatlarni himoya qilish uchun barchani jamlashga astoydil harakat qiladi.
Boshqalarga oʻrnak boʻlish
Demokratik jamiyatlarda bunday yetakchilarga talab yuqoridir: ular aholining kamida 11 foizini tashkil qilishi sababli, nega ko‘plab prezidentlar rahbar turiga tegishli ekanligini tushunish qiyin emas. Qonun ustuvorligi va qozoniladigan hurmatni qadrlovchi rahbar shaxslar fidoyilik, maqsadga intiluvchanlik, halollik hamda dangasalik va ayniqsa, ishdagi yolgʻonchilikka murosasizlik sifatlari sababli boshqalarga oʻrnak boʻladi. Agar kimdir mashaqqatli qoʻl mehnati odam feʼlini tarbiyalashning eng yaxshi usuli deb taʼkidlasa, demak bu rahbar shaxslardir.
Rahbarlar yon-atroflarini biladi va aniq hamda tekshirilishi mumkin boʻlgan faktlar dunyosida yashaydi. Ularning oʻz bilimiga boʻlgan ishonchi kuchli qarshilikka qaramay, oʻz tamoyillariga sodiq qolish va qabul qilinishi mumkin boʻlmagan narsalar haqida aniq tasavvurga ega boʻlish imkonini beradi. Ularning fikrlari shunchaki quruq gap emas, chunki rahbarlar eng qiyin loyihalarga shoʻngʻishga, ish rejalarini takomillashtirishga va yoʻl-yoʻlakay tafsilotlarni tartibga solishga tayyorligi tufayli, hatto eng murakkab vazifalar ham ularga oson va uddalanadigan boʻlib koʻrinadi.
Biroq, rahbarlar yolgʻiz ishlamaydi hamda ularning ishonchliligi va ish axloqi munosib qabul qilinishini kutadi. Bu shaxsiyat turidagi odamlar vaʼdalarining ustidan chiqadi va agar sheriklar yoki xodimlar malakasizlik yoki dangasalik yoki undan ham yomoni – insofsizlik sababli ularga xavf yaratib bersa, hech oʻylamasdan gʻazabini namoyish qiladi. Bu ularga barcha soqchi shaxsiyat turiga xos bukilmas odam obrazini taqdim qiladi, lekin rahbarlar oʻzboshimcha oʻjarligi uchun emas, balki ular haqiqatan ham bu qadriyatlar jamiyatni yaxshilashga xizmat qilishiga ishongani uchun bu timsol bilan taqdirlanadi.
Ulkan masʼuliyat
Rahbarlar uchun asosiy muammo – hamma ham bir xil yoʻldan yurmasligini yoki bir xil hissa qoʻshmasligini qabul qilishdir. Haqiqiy yetakchi ham shaxsning, ham guruhning qudratini tan oladi va bu ularning gʻoyalarini roʻyobga chiqarishga yordam beradi. Shunday tariqa rahbarlar haqiqatan ham barcha faktlarga va har kimga mos keladigan yoʻnalishlarni boshqarish qudratiga ega boʻladi.